
Fredrik Yungberg "Arsenal" murabbiylar shtabida ish boshladi
"Arsenal" klubi afsonalaridan biri Fredrik Yungberg “kanonirlar” murabbiylar shtabida ish boshladi.
BBC Sport tarqatgan xabarga ko‘ra 42 yoshli mutaxassis bundan buyon jamoa bosh murabbiyi Unai Emeriga assistent sifatida faoliyat olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, Yungberg o‘tgan mavsum “Arsenal”ning (U23) yoshlar jamoasini boshqardi.
Ma’lumot uchun, Yungberg 1998-2007 yillarda “Arsenal” sharafini himoya qilgan va 216ta o‘yinda maydonga tushib, 46ta gol urishga erishgan.
Fikrlar