Frantsiyaning "Nant" klubi Rashidov uchun qancha pul to‘lamoqchi bo‘lganini bilasizmi?

  • 20 oktabr, 2019, 11:37
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni paytda Qatarda «Qatar SK» jamoasi sharafini himoya qilayotgan hamyurtimiz Sardor Rashidov bilan bog‘liq har qanday xabar yoki ma’lumotni imkon qadar yoritib borishga harakat qilyapmiz. Chunki katta iqtidor egasi hisoblangan Rashidovning nimalarga qodirligini yaxshi bilamiz va shu sababli uning Qatardagi faoliyatini ham diqqat bilan kuzatib bormoqdamiz.

Tecno

Sardor haqida gap ketganda, avvalo shuni aytish joizki, unga hamma vaqt takliflar etarli darajada bo‘lgan va ayniqsa, ularning orasida Evropaning kuchli beshlik chempionatidagi klublar tomonidan ham jiddiy qiziqishlar mavjud edi. Ammo ayni chog‘da u o‘zini Qatarda juda yaxshi his etmoqda.

Shunga qaramasdan, hamyurtimizga Evropa klublari tomonidan bo‘lgan qiziqishlar haqida bejizga aytayotganimiz yo‘q. Gap shundaki, o‘z vaqtida Frantsiyaning «Nant» klubi Sardor Rashidovga ko‘z tikayotgani borasida xabarlar tarqalgandi va bu aslida ham haqiqat edi. Chindan ham «Nant» o‘zbekistonlik futbolchiga qattiq qiziqib qolgandi.

Biz buni nega esga olyapmiz? Gap shundaki, «Nant» klubi tomonidan Rashidovga to‘lanadigan summaning miqdori bo‘yicha yuborilgan aniq taklif haqidagi ma’lumotga ega bo‘ldik.

Unga ko‘ra Frantsiya jamoasi Rashidovga rasmiy ravishda taklif yuborgan holda uni qo‘lga kiritish uchun 800.000 (sakkiz yuz ming) EVRO miqdoridagi mablag‘dan voz kechishga tayyor bo‘lgan. Bu futbolchimiz uchun har tomonlama «konkret» to‘lanadigan mablag‘ edi.

rashidov nant yangisi

Ko‘rib turganingizdek, Rashidov evropaliklarning xushini «o‘g‘irlagan» va ularning jiddiy qiziqishlariga sabab bo‘la olgan. Lekin yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, Sardor va oilasi uchun Qatar har jihatdan qulay bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдусамат Жураев
20/10/2019 14:46
ШОМУРОДОВНИЯМ ОСМОНГА ОПЧИКИБ КУЙИЛДИ МАНА КУРДИК КЕЧА ЕР БИЛАН БИТТА ЗЕНИТ РУС МАТБУОТИ МАГЗАВА ОГДИРЯПТИ ШОМА УСТИДАН ФУБОЛ НА КУЛИЧКАХ САЙТИ ВОППШЕЕ ИЗДИВАТЦА КИВОРИПТИИ СУКАЛЛА
Абдусамат Жураев
20/10/2019 14:43
НИМА Фойда хозир
Шу эслаб сокка килди булди курдик Португалия чемпианитага ярамадику Франция бало борми бунга кулай тариф Катар
&
Surxon turon
20/10/2019 14:25
Нанд енди саккиз еврогаям омийди буни пойиз кетти тамом юраверади енди қатарда
Dior Akhunoff
20/10/2019 12:57
Tarixni eslashdan ne foyda?
Vaqtida ,,gazini'' bosih kerak edi