
Frantsiyaga qarshi bahsda Donnarumma nega maydonga tushmadi?
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Luchano Spalletti Millatlar ligasining 6-tur o‘yinida Frantsiya terma jamoasiga qarshi o‘yinda (1:3) darvozabon Janluiji Donnarummaning asosiy tarkibda yo‘qligini tushuntirdi. Bu haqda "Football Italia" nashri xabar berdi.
Italiyaliklar darvozasini butun o‘yin davomida Gulelmo Vikario qo‘riqladi.
- U o‘zini yaxshi his qilmayotgandi. Qorin qismida og‘riq bor edi. Biz uni o‘ziga keltirishga harakat qildik. Biroq, u holsizlikni his qildi, - dedi Spalletti.
Ma’lumot uchun, guruh bosqichining olti turidan so‘ng Italiya terma jamoasi 13 ochko to‘plab, ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Frantsiya ham 13 ochko to‘plagan va birinchi o‘rinda bormoqda. Shuningdek, ushbu to‘rtlikda Isroil (4) va Belgiya (4) terma jamoalari ham bor.
Fikrlar