
Frantsiya klubi sotuvga qo‘yildi, xaridor ham tayyor!
Bir necha oydan beri Saudiya Arabistoni shayxlari Frantsiyaning tarixiy klubi "Monako"ni sotib olish niyatida.
O‘tgan mavsum Chempionlar ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan "Monako" jamoasi sotuvga qo‘yilgan, Saudiya boylari esa so‘nggi xaftalarda loyiha borasida Knyazlikka safarlarini ko‘paytirdi. Ammo hozircha hech qanday rasmiy taklif yo‘q va yaqin kunlarda muzokaralar tezlashishi istisno etilmagan.
"L'Équipe" nashriga ko‘ra, Yaqin Sharq davlatining maqsadi katta moliyaviy imkoniyatlarga ega bo‘lgan loyihani amalga oshirish va Luis Kamposni "Monako"ga prezident etib tayinlash. PSJ spor maslahatchisi avval, 2017 yilda "Monako"da sport direktori sifatida ishlagan va o‘sha yili Liga 1 chempionligini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar