Frantsiya klubi Bobir Abdixoliqov o‘ynaydigan jamoadan futbolchi transfer qiladi (Foto)

  • 28 mart, 2021, 18:03
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Ukrainaning "Rux" klubi hujumchisi Nikolay Kuxarevich faoliyatini Frantsiyada davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, Bobir Abdixoliqovning raqobatchisi sanalgan ukrainalik Nikolay Kuxarevich frantsiyaning "Trua" jamoasi bilan bitim tuzdi. Shartnoma 2021 yil 1 iyuldan kuchga kiradi. Sababi Nikolay Kuxarevich shu kuni 20 yoshga kiradi. Ungacha esa hujumchi "Rux" sharafini himoya qiladi.

1616771191noAiGrJlqwLMkLIDGFcb2MvcS3W5VGIdtrtp5bsu

Unga Evropaning boshqa jamoalaridan ham taklif bor edi. Ammo uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng klub rahbariyati va Kuxarevich shunday variantda to‘xtashdi. "Trua" Frantsiya ikkinchi divizionida ishtikrok etmoqda va Liga 1 yo‘llanmasi uchun kurashyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Рустам Содиков
29/03/2021 05:27
Сарлавхани уйлаб топишни каранг. Гуёки Бобур Францияга кетаётгандек.