FR: "Navbahor" qarzga kirib ketyaptimi?

  • 10 aprel, 2023, 00:53
  • Odilbek Fayzullayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Bu haqda SPORTS.uz jurnalisti Faxriddin Ro‘ziev xabar berdi:

Tecno

"Superliga 5-turining markaziy uchrashuvi ortda qoldi. "Jar" stadionida OKMK mehmoni bo‘lgan "Navbahor" futbolchilari ortga quruq qo‘l bilan qaytishyapti. Afsuski, namanganlik futbol muxlislari uchun yana bir noxush xabarni etkazishga majburmiz.

photo_2023-04-09_19-32-26

Aftidan, jamoaning ayni paytdagi moliyaviy holati yaxshi emas. Aleksandr Kasyanning ijarasi uchun OKMK hisob raqamiga 15 dekabrgacha o‘tkazilishi kerak bo‘lgan summa haligacha to‘langani yo‘q. "So‘g‘diyona"ga Doniyor Abdumannopovning transferi uchun o‘tgan yilning 1 oktyabr kuniga qadar to‘lanishi kerak bo‘lgan summa ham hozircha o‘z manziliga etib bormagan. Jamoaning ayrim sobiq futbolchilari, xususan, bu yil "Yangier"ga ko‘chib o‘tgan Tohir Rafaelov o‘z haqqini undirib berishlarini so‘rab, O‘FAga arz qildi. Shuningdek, klub ayni paytda jamoada ishlayotgan murabbiylar shtabi va futzalchilardan qarz bo‘lib qolgani aytilmoqda. Hatto, "Navbahor" futzal jamoasi etarlicha liboslar bilan ta’minlanmagani uchun Oliy liga bahslarida bir necha bor muammoga duch keldi...

O‘tgan haftada "Kasyan ishi" O‘FAning tegishli qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqildi. Unda Namangan klubidan hech kim qatnashmagan. Yakunda "Navbahor"ga 20 kun muddat berildi. Agar shu vaqt ichida yuqoridagi muammo hal qilinmasa, "lochinlar"ga yozgi transfer oynasida ta’qiq qo‘yiladi.

Umid qilamizki, "lochinlar" rahbariyati berilgan vaqtdan unumli foydalanishadi", — deyiladi "FR| futbol ANALIZI" kanalida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Sardorbek 5555
10/04/2023 04:42
Bu Babayan klubni xarob qiladi kechagi uyin xam kursatti klubda muammolar borligini bumasa bemalol yutardi
&
Abdullox
10/04/2023 04:34
BaBAYANDAN QARZ SPRAB TURSIN.