
"Fotih Karagyumryuk" "Bashakshehir"ni ishonchli hisobda mag‘lub qildi.
Turkiya chempionatining 2-turida "Fotih Karagyumryuk" "Bashakshexir" mehmoni bo‘ldi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinning 6-daqiqasida Mendesh hisobni ochdi. 30-daqiqada esa Shengezer o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Shuningdek, Shukurov o‘yinga 62-daqiqasida maydonga tushdi va sariq kartochka oldi.
Shu tariqa, "Fotih Karagyumryuk" turnir jadvalida 6-o‘ringa chiqib oldi. "Bashakshexir" esa so‘nggi pog‘onaga joylashgan.
Fikrlar