Flik “Real”ni engish yo‘lini topib qo‘ydi

  • 25 oktabr, 2024, 18:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatining 11-turida musobaqa peshqadami “Barselona” ashaddiy raqib – “Real” mehmoni bo‘ladi.

Tecno

Bu bahs kataloniyaliklarning germaniyalik bosh murabbiyi Xans-Diter Flik uchun birinchi rasmiy derbi hisoblanadi.

Tajribali mutaxassis bo‘lajak bellashuv oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- To‘g‘risini aytsam, “el klasiko” haqida ko‘p bosh qotirganim yo‘q. Eng muhimi, jamoani puxta tayyorlash. Bo‘lajak to‘qnashuvni intizorlik bilan kutyapmiz.

Bizda o‘yinga atalgan bir necha g‘oyalarimiz bor va biz ular yordamida turlicha o‘yin namoyish qilishimiz mumkin. “Bavariya” bilan bo‘lgan bahsda qaysi jihatlar ustida ko‘proq ishlash kerakligini bilib oldik.

Hozir bir “Real”ning o‘yin uslubiga moslashib olishimiz kerak. “Real” – kuchli tayyorgarlikka ega jamoa. Lekin men o‘z shogirdlarimga ko‘proq ishonaman, ular hozirgacha hammasini yaxshi uddalab kelmoqda, - dedi Xans-Diter Flik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sunnatjon Hamdamov
25/10/2024 22:15
Real uz maydonida 1chi raqamda uynagani bois qarshi hujumda barsada imkoniyat kuproq bulsa kerak