Flik "Nyukasl"dan nimalar kutgani va Reshfordning dubli haqida o‘z fikrlarini bildirdi

  • 19 sentabr, 03:30
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Chempionlar ligasi 1-turida "Nyukasl"ga qarshi o‘yin (2:1) haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Bu fantastik atmosfera edi. Biz "Nyukasl"ning qanchalik intensiv o‘ynashini ko‘rdik. Biz shuni kutgandik. Biz o‘zimizga ishonchli bo‘ldik va kuchimizga ishondik. Mavsumni uch ochko bilan boshlash juda muhim. O‘tgan mavsumda biz "Monako"ga yutqazgandik (1-turda). Bu esa bizga yanada kuchliroq bo‘lishga yordam beradi".

Reshfordning dubli haqida:

"Biz har doim uning bunday o‘yinini mashg‘ulotlarda ko‘ramiz va buni bugun ham ko‘rdik. Men uning uchun xursandman. Hujumda bizda ko‘p yaxshi futbolchilar bor va u ulardan biri. U bizga ko‘proq imkoniyat beradi. Reshfordga ega bo‘lganimizdan xursandman. Bu ikki gol Markuska keyingi qadamni qo‘yishda juda yordam beradi. Uning o‘zini ishonchli va yaxshi his qilishi juda muhim. Bu gollar uning keyingi bosqichlardagi harakatlari uchun beqiyos ahamiyatga ega", - deya ta’rif berib o‘tdi germaniyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!