Flik darvozabonning harakatlaridan hayratda

  • 19 sentabr, 09:42
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik darvozabon Joan Garsiyaning o‘yinidan hayratga tushganini bildirdi.

Ispaniyalik futbolchi "ko‘k-anorranglilar"ga Angliyada "Nyukasl"ga qarshi g‘alabada (2:1) 5 ta zarbani qaytarib yordam berdi.

- Joan Garsiya haqiqatan ham ajoyib darvozabon. Uning reaktsiyasi g‘ayritabiiy, jamoani hal qiluvchi vaziyatlarda qutqaradi. U bizning safimizda o‘ynayotganidan juda xursandman.

Tecno

Garsiya "Barselona"ning o‘yiniga juda mos keladi. U oyoqlari bilan a’lo darajada o‘ynaydi, shu tufayli hujumlarni boshlashda qo‘shimcha vazifasini bajara oladi, - dedi Flik o‘yindan keyin.

"Barselona" Joan Garsiyani yozda "Espanol"dan 25 million evroga sotib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!