Flik "Barselona"ning ikki muhim futbolchisini tarkibga kiritmaydi

  • 26 mart, 17:55
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Ronald Arauxo va Rafinya La Liganing navbatdagi o‘yinida "Osasuna"ga qarshi maydonga tushishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

- Rafinya va Arauxo o‘ynamaydi. Ular uzoq parvoz qilishlari kerak, bu esa tiklanish uchun yo‘l qo‘ymaydi. Ronald so‘nggi o‘yinda ishtirok etmadi, biroq jarohatidan so‘ng mashg‘ulot o‘tkazgani yaxshi bo‘ldi. Ularning keyingi o‘yinga qanday tayyorgarlik ko‘rishlarini ko‘ramiz, - dedi Flik matbuot anjumanida.

​Avvalroq qoldirilgan o‘yin 27 mart, payshanba kuniga belgilangan edi. Arauxo va Rafinya Urugvay va Braziliya terma jamoalari tarkibidan kech qaytishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!