
Flik “Barsa”ga yangi hujumchi tanladi
“Barselona”ni Ispaniya chempioniga aylantirgan Xans-Diter Flik jamoa tarkibida muayyan o‘zgarishlarga qo‘l urishga qaror qildi.
Evropa matbuotining yozishicha, germaniyalik murabbiy “Barselona”ga yangi hujumchi tanlagan. Flik o‘z shogirdlari orasida “Atalanta” etakchisi Ademola Lukmanni ko‘rmoqchi.
Bu haqda Catalunya Ràdio jurnalistlari ma’lumot tarqatdi.
Transferlar bo‘yicha ekspertlarning fikriga ko‘ra, 27 yoshli nigeriyalik futbolchi 60 million evroga baholanmoqda, biroq kataloniyaliklar Lukmanni ancha arzon olish imkoniyatiga ega.
Lukman yakunlangan mavsumda barcha turnirlarda 40 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini yigirma marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga ettita golli pas uzatdi.
Fikrlar