Flik "Barsa" ochko yo‘qotganidan so‘ng mardlarcha fikr bildirdi

  • 24 noyabr, 2024, 04:44
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xans-Diter Flik "Selta"ga (2:2) qarshi o‘yindan keyin "Barselona"ni yaxshiroq o‘ynashga chaqrdi. 

"Bunday hodisalar sodir bo‘lib turadi. Bu biz xohlagan natija emas, ammo davom etishimiz kerak. 

Biz oxirgi ikki turda mumkin bo‘lgan 6 ochkodan faqatgina bittasini qo‘lga kiritdik. Xursand emasmiz, hech ham xursand emasmiz! Hamma ko‘rsatganidan yaxshiroq o‘ynashi mumkin. 

Hamma "Balaidos"da maydoni sifatsizligi va kuchli shamol esishini aytdi. Biroq bu bahona bo‘lolmaydi. Hammasi konsentratsiya va yana konsentratsiya masalasi. Ba’zan g‘alaba qozonish oson tuyuladi, ammo unday emas. 

Har qanday natija bizning o‘yinimizdan kelib chiqib sodir bo‘ladi. Agar siz 100 foiz kuch bilan harakta qilmasangiz, g‘alaba qozona olmaysiz. Hammasi juda oddiy. 

Umid qilamanki, ushbu natija UEFA Chempionlar ligasidagi uchrashuvimizga o‘z ta’sirini o‘tkazmaydi",
- dedi "ko‘k-anorranglilar" ustozi. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!