
Flik Anchelottining "Real"dagi faoliyatini maqtadi
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Karlo Anchelottiga nisbatan hurmat bildirdi.
- U "Real"da ajoyib faoliyat olib bordi va katta yutuqlarga erishdi. U oliyjanob, dunyodagi eng yaxshi va eng muvaffaqiyatli murabbiylardan biri.
Unga eng ezgu tilaklarimni bildiraman. U ajoyib jamoaga boradi va Braziliya terma jamoasida o‘z muvaffaqiyatlarini davom ettirishi mumkin, - dedi germaniyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, "Real" bosh murabbiyi mavsumning oxirida o‘z lavozimini tark etib, Braziliya terma jamoasini boshqarishga o‘tadi.
Fikrlar