
Firdavs Hasanov: "UFCda jang qilish uchun harakatlar boshlangan. Maqsadim sari oz qoldi"
O‘zbekistonlik MMA jangchisi Firdavs Hasanov AQShda faoliyat yuritishini va mahalliy promoushenlarda oktagonga ko‘tarilishi haqida ma’lumotga egasiz.
Kuni kecha, Hasanov Michigan shahrida “Clip Combat” promoushenida jang qildi va amerikalik Kris Jonson ustidan yaqqol dominantlik qilgan holda, g‘alaba qozongandi. Shu tariqa u professional rekordini 9-4 ko‘rinishga olib keldi. Aynan ushbu jangiga oid rasmlarni taniqli menejer Ali Abdelaziz o‘z ijtimoiy tarmoqlariga joylagan edi. Albatta, ushbu menejerni e’tirofiga tushish ko‘pincha xayrli yakunlangan. Ya’ni, UFC bilan shartnoma imzolash imkoniyati yuzaga kelishi mumkin.
Biz ushbu voqeliklar yuzasidan Firdavs bilan bog‘lanib, uning fikrlariga qiziqdik.
- Istalgan jangchi jahonning eng nufuzli promoushenida jang qilishni xohlaydi. Albatta, UFCga harakatlarni boshlab yuborganmiz. Katta ehtimol bilan yana bitta jang o‘tkazganimdan keyin UFCga qo‘shilishim amlga oshar. Shuningdek, zahira jangchisi sifatida bu ish avvalroq ham yuzaga kelishi mumkin. Qisqa qilib aytganda, maqsadimga erishish uchun oz qoldi.
Ma’lumot uchun, Firdavs Hasanov o‘ta engil vazn (61,2 kg) toifasida faoliyat olib boradi.
Fikrlar