
Filipe Luis Braziliyaga qaytadi
Madridning "Atletiko" klubi himoyachisi Filipe Luis Evropadan ketmoqda.
Globoesporte nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 33 yoshli futbolchi “matraschilar” bilan shartnomasini uzaytirmaydi va erkin agent sifatida Braziliyaga yo‘l oladi. Luis u erda "Flamengo" klubi bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi.
Ma’lumot uchun, Luis “Atletiko” safida 2010 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. O‘tgan davr mobaynida jami 348ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 12ta gol urishga erishdi. U “matraschilar” safida Ispaniya chempioni va kubogi sohibi bo‘ldi. Shuningdek 2 karra UEFA Evropa ligasi va 2 karra UEFA Superkubogi g‘olibi bo‘ldi.
Fikrlar