FIFA yilning eng yaxshi murabbiyi nomzodlarini e’lon qildi

  • 2 sentabr, 2019, 20:14
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA "The Best" sovrini uchun nomzod murabbiylarni e’lon qildi.

Tecno

3 ta murabbiy yakuniy nomzodlar ro‘yhatidan joy oldi: Pep Gvardiola ("Manchester Siti"), Yurgen Klopp ("Liverpul") va Maurisio Pochettino ("Tottenxem").

Gvardiola APLda g‘olib bo‘ldi va yana 2 ta kubokni qo‘lga kiritdi, Klopp ChL g‘olibiga aylanish bilan birga, APLda ikkinchi o‘rinni egalladi, Pochettino ChL finaliga qadar etib bordi va APLda uchinchi o‘rinni egalladi.

Bungacha nomzodlar orasida: Jamel Belmadi (Aljir terma jamoasi), Dide Desham (Frantsiya terma jamoasi), Marselo Galyardo ("River Pleyt"), Rikardo Gareka (Peru terma jamoasi),Fernandu Santush (Portugaliya terma jamoasi), Erik ten Xag ("Ayaks") va Tite (Braziliya terma jamoasi).

Sovrin 2018 yilning iyul oidan 2019 yilning iyul oyigacha bo‘lgan natijalarga qarab beriladi.

FIFA ushbu sovrinni, 23 sentyabr kuni Milandagi "La Skala" opera tetrida topshiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!