FIFA "Navbahor"ga sanktsiyalar qo‘llashi, transferlarda taqiq qo‘yilishi borasidagi xabarlarga klub rasmiy tarzda javob berdi. Aslida vaziyat qanday?

  • 21 iyul, 2020, 19:47
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 20 iyul kuni sportga ixtisoslashgan saytlar va OAVda rossiyalik 63 yoshli mutaxassis Aleksey Ilich Belenkovning Namanganning “Navbahor” klubida bosh murabbiy yordamchisi sifatida ishlagani, biroq klub hamda Belenkov o‘rtasida 2023 yil 30 noyabrga qadar tuzilgan shartnomani muddatidan avval bekor qilingani hamda klub yordamchi murabbiyga shartnoma bo‘yicha pullarini to‘lamaganligi, natijada murabbiyning yuristlari “Navbahor”ga 150 ming AQSh dollari to‘lashni va barcha masala yopilishini ma’lum qilishganini, ammo klub bunga e’tibor qilmaganligi uchun Aleksey Belenkov FIFAga murojaat qilganligi, rossiyalik mutaxassisning huquqlarini SILA kompaniyasi himoya qilishi, “Navbahor” 30 kun ichida Belenkovga 520 ming AQSh dollari (taxminan 5 milliard 300 million so‘m) to‘lashi shartligi, aks holda, FIFA sanktsiyalar qo‘llashi, bular transferlarni amalga oshirishga taqiq qo‘yish, ochkolar olib tashlash va quyi ligaga tushirib yuborish bo‘lishi mumkinligi borasida maqola chop etildi.

Tecno

“Navbahor” PFK rossiyalik mutaxassis Aleksey Ilich Belenkov masalasiga oid mazkur maqola yuzasidan raddiya bildirib, quyidagilarni ma’lum qiladi:

Aleksey Belenkov “Navbahor” jamoasida yordamchi murabbiy sifatida ishlagan davrlari, ya’ni 2019 yilning centyabr oyidan dekabr oyigacha bo‘lgan muddat uchun klubdan oylik maoshlarini to‘liq olgan.

O‘tgan mavsum yakunlanganidan so‘ng, “Navbahor” jamoasi a’zolari mavsumlar oralig‘idagi qishki ta’tilga chiqishadi. Shu munosabat bilan Aleksey Belenkov o‘z yurti Rossiyaga jo‘nab ketgandi.

Shundan keyin yangi yildan so‘ng, “Navbahor” jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi. Biroq Aleksey Belenkov jamoa ixtiyoriga etib kelmadi. “Navbahor” PFK rahbariyati ushbu rossiyalik mutaxassis bilan qo‘ng‘iroqlashib, jamoaga qaytishini ta’kidladi. Lekin Aleksey Ilich “Navbahor”da faoliyat yuritmasligini aytdi.

Shu kungacha “Navbahor” PFKning rasmiy elektron pochtasi manziliga jamoaning rossiyalik mutaxassisdan qarzi borligi to‘g‘risida hech qanday xat jo‘natilmagan va jamoa bu borada ogohlantirilmagan.

Shu bois, “Navbahor” PFK Aleksey Belenkov borasidagi maqolada bildirilgan ushbu murabbiyga katta miqdordagi mablag‘ to‘lanishi borasidagi fikrlarni asossiz, deb hisoblaydi va muxlislardan tasdiqlanmagan bunday xabarlarga ishonmaslikni so‘raydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Озодбек
21/07/2020 21:56
Навбахорикига осилманглар тулаш керак буса биз мухлисла тулашга тайёрмиз ман шахсан узим бир ойлик маошимдан кечаман навбахор учун
&
Бум
21/07/2020 22:34
Shu sayt og'ir bosiqligi bilan boshqaldan ajrarib turadi. Qoganlari hovliqib navbahori tanqid qildi
Рашид Хожаханов
21/07/2020 21:06
Хар хил сайтларда асоссиз булмаган хабарларни таркатиш ва сарлавхага буртириб ёлгон ёзишни тухтатиш керак. Ёзиятган янгиликлар сарлавхага тугри келмайди