FIFA konsultanti O‘zbekiston terma jamoasiga qanday murabbiy olib kelish kerakligini aytdi

  • 18 iyul, 2021, 00:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Germaniya Bundesligasida ko‘p yillar faoliyat olib borgan tajribali mutaxassis hamda FIFA konsultanti Robert Nimen O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga tashrif buyurdi.

Tecno

O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, mutasaddi va mutaxassislar ishtirokida Robert Nimen bilan uchrashuv tashkil etildi. Bundesliga vakiliga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining tuzilmasi va faoliyati, hududiy futbol assotsiatsiyalar bilan ishlash, bolalar-o‘smirlar futbolini rivojlantirish yo‘lida amaldagi loyihalar, turli xil yosh toifasidagi musobaqalar tashkil etish bo‘yicha ma’lumot berildi. Shuningdek, germaniyalik mutaxassis futbol, futzal va ayollar futboli bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoalarining qayd etayotgan natijalari, yurtimizdagi hakamlik va VAR tizimini joriy etish bo‘yicha qilingan ishlar hamda terma jamoalar uchun barpo etilayotgan sport majmua loyihasi bilan tanishib chiqdi.

Robert Nimen O‘zbekiston terma jamoalari birinchi navbatda jismoniy tayyorgarlikka jiddiy e’tibor qaratgan holda, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish zarurligi va bu borada ishni klublardan boshlash foydali ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Germaniya tajribasidan kelib chiqib, mamlakat futbolining muvaffaqiyati avvalo bolalar-o‘smirlar futboliga bog‘liqligi, yosh futbolchilarni tanlab olish va ularni tarbiyalash uchun bir necha yillar davomida ish olib borish muhimligini aytib o‘tdi.

Germaniyada yosh tarbiyalanuvchilarning kunlik dasturi umumta’lim maktabi darslari, futbol internat mashg‘ulotlari va futbol uchrashuvlaridan tashkil topgan bo‘ladi. Salkam bir asr avval futbolchilarni ro‘yxatga olish tizimi amalga tadbiq etilganligi, onlayn rejimda 6-7 yoshli tarbiyalanuvchiga futbolchi passport berilishi va faqatgina ushbu xujjat orqali yosh futbolchilar mahalliy chempionatlarda ishtirok etishi huquqiga ega bo‘lishi aytib o‘tildi. Barcha futbol maktab-kollejlari xususiy va pullik bo‘lganligiga qaramay, germaniyalik ota-onalar o‘z farzandlarini ushbu mashg‘ulotlarga yuborayotganini aytib, Robert Nimen O‘zbekistondagi futbolga ixtisoslashgan davlat muassasalarining faoliyati va yaratilgan sharoitlarga ijobiy baho berdi.

Shuningdek, suhbat davomida Robert Nimen O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy tayinlashda mashhur nomlar har doim ham to‘g‘ri tanlov bo‘lib chiqmasligini, yosh va talabchan hamda g‘alabaga chanqoq yosh iste’dodli murabbiylar hozirgi futbol tendensiyasiga mos tushushini alohida e’tirof etdi.

Manba: O‘FA

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
18/07/2021 17:57
АНИҚ БИР НОМ АЙТИЛМАЙ ЎША УМУМИЙ ГАПЛАР АЙТИЛИБДИ. ҚАЧОНГАЧА ЎЙЛАБ , ИЗЛАБ ЮРУВУРАМИЗ. ЎЙЧИ ЎЙИНИ ЎЙЛАГУНИЧА, ТАВАККАЛЧИ ИШИНИ БИТИРИБ КЕТАДИ ДЕГАНЛАРИ ДЕК. ҲА МАЙЛИ ЯНГИЛИК БЎП ҚОЛАР. БАЛКАМ ЯНА БИР АРМАН ЧИҚИБ ҚОЛАР...
КУПЕРГА ЎХШАГАН МУАММОНИ ИЛДИЗИНИ БИЛАДИГАН, ҲИС ҚИЛАДИГАН МУРРАБИЙ КЕРАК. БИЗНИНГ МУАММО ХИМОЯДАН БОШЛАНАДИ. ШУНДАЙ ИШЛАЙДИГАН МУРРАБИЙЛАРГИ ИМКОН БЕРИШ КЕРАК. У КАСАЛ ҚИСМЛАРИМИЗНИ ТУЗАТСИН. САРАЛАШГАЧА СОППА СОҒ ҲОЛАТГА ОЛИБ КЕЛСИН. ВАҚТ ЎТИБ КЕТМОҚДА. МУРАББИЙ ДЕБ ЯНА МУРАББОЛАРГА МТЖ НИ ТОПШИРМАЙЛИК. 30 ЙИЛЛИК ХАТО ВА КАМЧИЛИКЛАРДАН ТЎҒРИ ҲУЛОСА ЧИҚАРСАК БЎЛГАНИ.
&
Kankret bola
18/07/2021 08:02
Bunaqa maslahatchilar keluradi maslahat beruradi UFF digilar siqqani bosuradi trener va o'yinchila yebqo'yurib faqat uzur so'ruradi
Shahsan man ja kotta o'zgarishla bo'lishiga ishonmiman yana odam ko'ziga ubu narsa qib qo'yishadi bo'ldi xayr JCH-2026
&
Ашуров Бахтийор
18/07/2021 06:57
Ёш талабчан ва ишга чанқоқ мураббий кераклигини мутаҳасис бўлмасакда биз муҳлислар ҳам,биламиз.Лекин ана ўша танловга келганда ақли қусир ожизлик қиладида.Мана гап қаерда?!
&
Исомиддин
18/07/2021 19:08
Ёш талабчан ,ишга чанкок мураббий хам топилар ... Лекин уни уз билганидай ишлашга куйишармикан УФФ дагилар... Хамса муаммо бизда мураббийлар эркин ишлолмайдилар...
&
Ашуров Бахтийор
18/07/2021 19:24
Тўлиқ бўлмаса хам,фикрингизга қўшилса бўлади.Четдан келганларни ичида Боб Ҳоутон ва Куперни ишлари сал кўрина бошлаган эди.Уларни ҳам ковишини тўғирлашди.Қолганлари мактаб ўқитувчилари бўлишган.Бизда мураббий танлаш ҳам,муа'мо.Масалан де Силва тарих ўқитувчиси бўлса,яна бири Юрген Гиёде германия мураббийлар уюшмасига а'зо ҳам бўлмаган.Қисқаси мени тушундингиз деб ўйлайман.Ёзай десам достон бўлиб кетади.
Nishonov Obidjon
18/07/2021 19:31
Birinchisi ochiritda choyhonani tuhtatish kerak