
FIDE tarixda ilk bor imkoniyati cheklangan shaxmatchilar o‘rtasida onlayn Olimpiada tashkil qildi
Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tarixda ilk bor imkoniyati cheklangan shaxmatchilar o‘rtasida birinchi onlayn Olimpiada tashkil qildi.
Ushbu tarixiy musobaqada dunyoning 45 davlatidan 61 ta jamoa ishtirok etmoqda. Onlayn Olimpiada 20 noyabrdan 3 dekabrga qadar bo‘lib o‘tadi.
Musobaqaning final bahsi 3 dekabr kuni, ya’ni Birlashgan Millatlar tashkiloti tomonidan e’lon qilingan Xalqaro nogironlar kunida o‘tkaziladi.
Ushbu onlayn Olimpiadada dunyoning turli burchaklaridan 400 nafar o‘yinchi ishtirok etadi (zaxira tarkibi bilan birga), ulardan ikkitasi shaxmat bo‘yicha eng yuqori unvon – grossmeyster hisoblanadi.
Fikrlar