Ferdinand MYu rahbariyatiga 2 ta zo‘r futbolchini sotib olishni tavsiya qilmoqda

  • 2 mart, 2022, 14:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ning afsonaviy himoyachisi Rio Ferdinand jamoa rahbariyatiga Jon Makginn (“Aston Villa”) va Deklan Raysga (“Vest Xem”) e’tibor qaratishni tavsiya qildi.

Tecno

"Xarakter hozirgi "Manchester Yunayted"ga kerak bo‘lgan elementlardan biridir. Menimcha, Jon Makginn yaxshi futbolchi va odamlarga haqiqatni aytishdan qo‘rqmaydigan ajoyib professional. Muvaffaqiyatga erishish uchun nafaqat futbolchilik qobiliyati, balki shaxsiy fazilatlar ham muhimdir. Jon bu jihatdan ham juda yaxshi. Raysga kelsak, u haqida allaqachon etarlicha aytilgan. Menga bu futbolchi juda yoqadi. Siz uning atrofida jamoa qurishingiz mumkin", - dedi Ferdinand Standard nashriga bergan intervyusida.

Transfermarkt portali talqiniga ko‘ra, 27 yoshli Jon Makginning narxi 30 million evroga, 23 yoshli Deklan Raysniki esa 75 million evroga baholagan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!