
Feliks Oje ham "Masters"ni g‘alaba bilan boshladi
Kanadalik tennischi Feliks Oje Shanxay shahrida o‘tayotgan musobaqaning ikkinchi davrasiga muvaffaqiyatli tarzda o‘tib oldi.
Feliks ilk bosqichda qozog‘istonlik Aleksandr Bublik bilan raqobatlashdi. O‘yinda hisobi 7:6, 4:0 bo‘lib turgan bir vaziyatda Bublik uchrashuvni davom ettirishdan bosh tortdi va mag‘lubiyatini tan oldi.
Shu tariqa, "Rolex Shanghai Masters"ning ikkinchi davrasida Oje gretsiyalik Stefanos Tsitsipas bilan kuch sinashadi.
Fikrlar