Fayzullaevning narxi ko‘tarilib ketadi!

  • 20 oktabr, 2024, 22:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va TsSKa klubi hujumkor futbolchisi Abbosbek Fayzullaev Osiyoning eng yaxshi yosh o‘yinchisi nominatsiyasi sovriniga da’vogar bo‘lgan asosiy nomzodlar ro‘yxatiga kiritildi.

Tecno

Osiyo futbol konfederatsiyasining 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarga topshiriladigan ushbu sovriniga 21 yoshli legionerimizdan tashqari yaponiyalik Gaku Navata (“Kamimura Gakuen”) hamda janubiy koreyalik Pe Jun Xo (“Stok Siti”) da’vogarlik qilmoqda.

Bu nominatsiya g‘olibi 29 avgust kuni Seul shahrida o‘tkaziladigan AFC Annual Awards marosimida taqdirlandi.

O‘zbekiston futboli tarixida 2015 yili Dostonbek Hamdamov qit’aning eng yaxshi yosh futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritgan edi.

Abbosbek Fayzullaevning  nufuzli sovringa da’vogarlik qilayotgani va Evropa futboliga o‘tish imkoniyatlari haqida Rossiya futboli vakillari o‘z munosabatlarini bildirdi.

Aleksandr Grishin, TsSKA sobiq futbolisi:

Abbosbek Fayzullaev Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi sovriniga da’vogarlarning yakuniy ro‘yxatiga kiritilgani zo‘r ish bo‘ldi.

O‘ylashimcha, bu sovrinni yutish uchun unda imkoniyatlar etarli, biroq Abbosga raqobat qiladigan o‘yinchilar ham borligini nazardan qochirmaslik kerak.

Agar Fayzullaev bu sovrinni qo‘lga kiritsa, TsSKAning mavqei ko‘tariladi. Klubga ana shunday o‘yinchining tarkibda borligi mamnuniyat bag‘ishlaydi.

Eng muhimi, Abbosbekning transfer narxi ham ko‘tariladi. Bu Fayzullaev uchun ham, TsSKAga ham foydadan holi emas.

Tamerlan Musaev, TsSKA hujumchisi:

TsSKAga kelib qo‘shilganimda, Abbosbek Fayzullaev terma jamoasi safida edi. Keyinchalik birinchi mashg‘ulotning o‘zidayoq Fayzullaev teskari turganiga qaramay, himoyachini aldab o‘tib ketganida og‘zim ochilib qolgan. Uning bu videosini tanishlarimga tashlab, mashg‘ulotda uning qanday qilib, burilib olganini payqamay ham qolganimni aytdi. Haqiqiy usta.

Men Abbosbek Fayzullaevning Evropada o‘ynashiga 100 foiz aminman.

TsSKAda hujum tashkil qilishda mening keragim yo‘q. Jamoada bu ishning ustalari – Abbosbek Fayzullaev va Ivan Oblyakov bor. Ular juda zo‘r pas uzatadi. Menga faqat gol urish qolyapti. Men ayrim vaziyatlarni to‘pni ushlab turishim kerak. Hozir bu ko‘nikmani o‘zlashtirishga urinyapman.

Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblangan Abbosbek Fayzullaev 2023 yilning avgustida TsSKA safiga ko‘chib o‘tgandi. Shundan beri “armiyachilar” safida jami 45 ta uchrashuvda ishtirok etgan legionerimiz ettita gol va 19 ta assist muallifi bo‘ldi.

Bugungi kunda Abbosbek Fayzullaevning transfer summasi 6 million evroni tashkil qilmoqda. Hozir 21 yoshli hamyurtimiz Markaziy Osiyoning eng qimmatbaho futbolchisi hisoblanadi.

Husanov “Lans”ni “tupik”ka tiqib qo‘ydi!

 

Husanov grand klublar “o‘ljasi”ga aylanyapti!

O‘zbekistonning jahon chempionatiga chiqishi “kafolatlandi”

Husanovda o‘zgarish bo‘lishi kutilyapti

O‘zbekiston himoyasini mustahkam ushlab turgan Husanovning o‘yini Evropada qanday baholanyapti?

Narxi 5 million evroga etgan Husanov qachon grand klubga o‘tadi?

Rossiyada O‘zbekistonning jahon chempionatiga chiqishiga ishonishyapti

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!