
Fayzullaevning Evropaga ketishiga nima to‘sqinlik qilyapti?
O‘zbekiston futbolining eng yorqin tarbiyalanuvchilaridan Abbosbek Fayzullaev o‘tgan yili avgustda “Paxtakor”dan TsSKA klubiga ko‘chib o‘tgani va Rossiya Premer-ligasida porlay boshlaganidan beri uning Evropaga yo‘l olishi juda ko‘p muhokama qilinmoqda.
Ayniqsa, hujumkor futbolchining O‘zbekistonning turli terma jamoalari safida xalqaro miqyosdagi musobaqalarda ham yuqori saviyada o‘yin namoyish qilayotgani uning Evropada o‘ynashga loyiq ekani haqidagi fikr-mulohazalarni ko‘paytirayotgani ham bor gap.
O‘tgan mavsumda Abbosbek Fayzullaevga Germaniyaning “Bavariya”, Italiyaning “Parma”, Ispaniyaning “Vilyarreal” kabi klublari qiziqish bildirayotgani xaqida xabarlar tarqatilgan edi.
“Setanta Sports” telekanalining rossiyalik futbol sharhlovchisi Dmitriy Bajanov jurnalistlar bilan suhbatda O‘zbekiston milliy terma jamoasi va TsSKA futbolchisi Abbosbek Fayzullaevning faoliyatini Evropaning kuchli ligalarida davom ettirish imkoniyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.
- Abbosbek Fayzullaevning Evropada o‘ynash imkoniyati juda yaxshi. Biroq uning TsSKAda o‘ynayotgani bu borada muammo tug‘diradi, chunki bu klub sanktsiyalar ostida qolmoqda.
TsSKAning G‘arbiy Evropa klublari bilan transfer bo‘yicha hamkorlik qilishi qiyin masala. O‘ylashimcha, Abbosbek Fayzullaev aynan G‘arbiy Evropaning kuchli ligalariga intilmoqda. Uning iqtidorini inobatga olsak, Abbosning tanlovida mantiq bor.
Hozircha, u TsSKAda o‘ynab turgani uning foydasiga ishlaydi. Fayzullaev hali yosh va bu jamoada bosqichma-bosqich rivojlanib borishi imkoniyati bor.
Kuchliroq chempionatga o‘tishdan oldin “pishib olish” juda muhim.
Umuman olganda, Abbosbek Fayzullaev Osiyoning eng iqtidorli futbolchilaridan, uning matbuotda hurmati baland, o‘tgan Osiyo chempionati va Olimpiya o‘yinlarida juda yaxshi o‘ynadi.
Hozircha, u Eldor Shomurodovning yo‘lini takrorlay oladimi yoki yo‘q, buni aytolmayman, lekin umid bor.
Menimcha, talant borasida Abbosbek Fayzullaev Eldor Shomurodovdan ham o‘tadi, - dedi Dmitriy Bajanov.
Abbosbek Fayzullaev bugungi kunda TsSKA jamoasidagi asosiy figuralardan biri hisoblanadi. “Armiyachilar”ning hujum chizig‘i saradorligi aynan legionerimizning o‘yiniga bog‘liq.
Yangi mavsumda 21 yoshli hujumkor futbolchimiz Rossiya Premer-ligasi va mamlakat kubogi doirasida jami 13 ta uchrashuvda ishtirok etib, ikkita gol va beshta assist qayd etdi.
Bugungi kunda legionerimizning transfer summasi 6 million evroga baholanmoqda. Fayzullaev Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolchisi hisoblanadi.
O‘zbekiston kuchlimi yoki Qozog‘iston yoxud terma jamoasi kuchiga qanday baho berishdi?
O‘zbekistonning jahon chempionatiga chiqish sharti aytildi
Husanov Evropada transfer qarashlarini o‘zgartirdi
Shomurodov gol urmasa bo‘lmaydi...
Fayzullaev Evropaga ketsin!
Shomurodov va 178 nafar futbolchi bo‘yicha ma’lumot chiqdi
Husanov “Lans”ni Frantsiyada birinchi, Evropada to‘rtinchi o‘ringa ko‘tardi
Fikrlar