Fayzullaevdan zo‘r futbolchilarimiz bor!

  • 9 fevral, 2024, 16:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston terma jamoasining sobiq hujumchisi Ja’far Irismetov Rossiya nashrlaridan biriga bergan intervyusida futbolchilarimizning Qatar mezbonlik qilgan Osiyo kubogidagi o‘yiniga munosabat bildirdi.

Tecno

IMG_1487

Ma’lumki, Ja’far Irismetov futbolchilik davrida Moskvaning “Spartak” klubida o‘ynagan va shuning uchun ham rossiyalik jurnalistlar undan ko‘p fikr so‘rab turadi.

— Jamoa yulduzlaridan biri Abbosbek Fayzullaevning ishtirokini qanday baholaysiz?

— Uchta uchrashuvni o‘z darajasida o‘tkaza oldi. Lekin hujum markazida o‘ynatishganida biroz yo‘qolib qoldi. To‘g‘risini aytsam, undan ko‘prog‘ini kutgandim.

Balki, bosim kuchli bo‘lgandir. Shu sabab o‘zini yo‘qotib qo‘ygandir. O‘ylashimcha, murabbilar shtabi unga juda kam erkinlik berdi. Uni aniq bir pozitsiyaga bog‘lab bo‘lmaydi. Men Fayzullaev yanada yorqinroq o‘ynay oladi, deb hisoblayman. Umuman olganda, birinchi katta turnirdagi ishtiroki yomon emas.

Mening nazarimda terma jamoada eng zo‘r o‘yinchilar Odil Hamrobekov va Aziz Turg‘unboev bo‘ldi. Odil u qadar ko‘zga tashlangani yo‘q, lekin juda katta hajmdagi qora ishlarni aynan u amalga oshirdi. Har ikkisi ham kuchli ligalarda o‘ynashga qodir.

IMG_1465

— Abbosni kelasi yozda o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirayotoan Evropa klublari bor, degan tuyg‘u bormi?

— Fayzullaevga hozirning o‘zida takliflar bor, deb o‘ylayman. Turkiyada qiziqish bo‘layotganini aytishdi. Abbos qisqa fursatda TsSKA etakchisiga aylandi. Yozda kuchliroq ligaga o‘tishi mumkin, deb hisoblayman.

Rossiya unga boshqa kuchli ligaga o‘tish uchun tramplin bo‘lib xizmat qiladi. Yaqin kelajakda Fayzullaevning terma jamoaning haqiqiy etakchisiga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, Srechko Katanets boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatardagi Osiyo chempionatida o‘z salohiyatini ko‘rsata oldi.

Guruh bosqichida Hindistonni mag‘lub etib, Suriya va Avstraliya bilan durang o‘ynagan terma jamoasi mahlubiyatsiz nimchorak finalga chiqdi. Futbolchilarimiz tarixda ilk bor avstraliyaliklar darvozasini ishg‘ol qilishni udalladi.

Chorak final yo‘llanmasi uchun o‘tkazilgan bahsda Abbosbek Fayzullaevning goli terma jamoamizga tailandliklar ustidan 2:1 hisobida g‘alaba keltirdi.

Keyingi bosqichda futbolchilarimiz amaldagi chempion va musobaqa mezboni Qatarga to‘qnash keldi. O‘yinning asosiy va qo‘shimcha vaqtida g‘olib aniqlanmoqda. Penaltilar seriyasida omad qatarliklar tomonida bo‘ldi.

Abbosbek Fayzullaev Osiyo kubogida terma jamoa etakchisi sifatida gavdalandi. 20 yoshli futbolchi ikkita gol va bitta assist qayd etdi.

IMG_1692

Endi legionerimiz 14 fevraldan TsSKAning xorijiy o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga qo‘shiladi va mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik ko‘radi.   

Fayzullaevning Evropada o‘ynash imkoniyati bormi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
expert Umid-informatik
09/02/2024 17:09
Қатардан бошқа жойда бўлганида Ўзбекистон чемпион бўларди
Максуд Каюмов
08/02/2024 21:23
Албатта узбекистонга биринчи ракамли футболист булади ва Сардор булади келажакда
Максуд Каюмов
08/02/2024 21:21
Худога Шукур шу бизда файзуллаев бор экан