Fayzullaevdan hamma voz kechgan...

  • 3 oktabr, 2024, 20:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Abbosbek Fayzullaev bir yil ichida nafaqat TsSKAning, balki Rossiya Premer-ligasining eng zo‘r futbolchilaridan biriga aylandi.

Tecno

Bugungi kunda TsSKAni o‘zbek legionerimiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. 20 yoshli hujumkor futbolchi maydonda joy tanlamaydi. O‘ng qanot, chap qanot, markazdan ham hujum tashkil qila oladi.

Fayzullaevning maydonni ko‘ra olishi, pleymeykerlik qobiliyati, kurashuvchanligi, betakror driblinglari, tezkorligi, aniq zarbalari, qulay paslari va yana bir qator fazilatlari “armiyachilar”ning foydasiga ishlamoqda.

Abbos 2023 yilning avgustida “Paxtakor”dan TsSKAga ko‘chib o‘tgan. Lekin iste’dodli futbolchimiz uchun Rossiyadan jamoa topish oson bo‘lmagan ekan.

Bu haqda TsSKAning avvalgi bosh murabbiyi Vladimir Fedotovning yordamchisi bo‘lib ishlagan mutaxassis Oleg Fomenko rossiyalik jurnalistlar bilan suhbatda aytib berdi.  

—  Avvalgi bosh murabbiy Vladimir Fedotov Abbosbek Fayzullaevning transferiga shubha bilan qaragan ekan. Shu rostmi?

—Nafaqat Fedotov. Abbosni olishni Rossiya Premer-ligasining ko‘plab klublariga taklif qilishgan, lekin hamma bu imkoniyatdan voz kechgan edi.

— Fedotovda aynan qaysi masala savol tug‘dirgan?

— Rossiya Premer-ligasida jismoniy kuchga tayangan kurash ko‘p. O‘zbekiston chempionatidan kelgan ozg‘ingina yosh yigitchaga qaraganingda, aqlingga “Uni o‘yinda oyoq ostida qolib ketmasa edi”, degan fikr keladi.

Lekin Abbos ham inson, ham futbolchi sifatida hammani hayratga sola oladi.

Fayzullaev juda tez assoiy tarkibning muhim o‘yinchisiga aylandi. Aslida uni kelajak uchun olib kelishgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullaev “Paxtakor” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2021 yili “sherlar”ning asosiy tarkibiga qabul qilingan.

20 yoshli hujumkor futbolchimiz “Paxtakor” tarkibida O‘zbekiston Superligasi, mamlakat kubogi, Osiyo Chempionlar ligasi doirasida jami 41 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 10 ta gol va 3 ta assist yozdirib qo‘ydi.

Abbos legionerga aylanganidan keyin ham sermahsulligini davom ettirmoqda. Fayzullaev TsSKAga o‘tganidan beri Rossiya Premer-ligasi va mamlakat kubogi bahslarida hozirgacha 43 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Hamyurtimiz bu o‘yinlarda raqiblar darvozasini olti marotaba ishg‘ol qilib, jamoadoshlariga 19 ta golli pas berdi.

Bugungi kunda Abbosbek Fayzullaevning transfer  summasi 6 million evroni tashkil qilmoqda. Legionerimiz Markaziy Osiyoning eng qimmatbaho o‘yinchisi hisoblanadi.  

Bomba xabar: PSJ Husanovni olishi kutilyapti!

Ular Fayzullaevni tanlashdi...

Husanov “monstr”, men undan qo‘rqaman!

Bunaqada “Lans” Husanovni katta summaga sotib yuboradi...

Supergol urgan Fayzullaevning o‘yini qanday baholandi? Futbolchilar va fanatlar Abbos haqida nimalar deyapti?
Husanov raqibni “bo‘g‘ib” qo‘ydi! Legionerimizning o‘yini qanday baholandi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!