
Fayzullaev: Yaqinlarimni Monakoga olib ketaman!
Abbosbek Fayzullaev — O‘zbekiston va Rossiyaning eng yorqin futbolchilaridan. 21 yoshli hujumkor futbolchi yosh bo‘lishiga qaramay, bugungi kunda TsSKA va O‘zbekiston milliy terma jamoasi etakchisi hisoblanadi.
2024 yilda legionerimiz Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi, O‘zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi singari individual sovrinlarni qo‘lga kiritdi.
Fayzullaev jurnalistlarning savollariga javob qaytarib, intervyu berdi.
Sports.uz portali ushbu intervyuning bir necha qismda o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.
1-Qism:
Fayzullaev: Mashg‘ulotlarga borgim kelmay qoldi, Xolandning ko‘zoynagidan ham oldim...
2- Qism:
Fayzullaev: Xudo bersa, “Barselona”ga boraman!
3-Qism:
Fayzullaev: “Jirona”ni tanlayman...
Davomi:
— Haqiqatan ham, “Monako”ga o‘tsang, yaqinlaringni o‘zing bilan olib ketasanmi?
— Albatta.
— Unda nega ularni Moskvaga olib kelmading?
— Ular bu erlarda zerikib qolishdi. Bir-ikki haftaga kelishadi, darrov Sirdaryoni sog‘inib qolishadi. Hamma qarindoshlar, do‘stlari o‘sha erda.
— Sen onang uy bekasi va otang dorixonada ishlashini aytgan eding. Hali ham shunday pul topishadimi?
— Ha. Lekin bu juda katta maosh emas. Shunchaki, o‘zlari uchun. Uyimiz yonida joy bor, ana shu dorixona qilingan. Otam qo‘ng‘iroq ovozini eshitsa, chiqib savdo qiladi. Buni xobbi deyish mumkin.
Men ularga Toshkentga ko‘chib o‘tishni taklif qilgandim, u erda 13 yoshli ukam o‘qiydi. Otam istamadi, unga yoqmadi.
— Ota-onangga eng zo‘r nima sovg‘a qilding?
— Toshkentdan uy. Onam buni doim orzu qilgan. Imkoniyatim bo‘lishi bilan onamning orzusini ro‘yobga chiqardim. Hozir bu uyda ukalarim yashayapti.
— Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifangda yarim million obunaching bor. Hozir O‘zbekistonda Prezidentdan keyingi eng mashhur inson senmisan?
— Xa-xa, sal oshirvordingiz. Bizda mendan ancha nomdor bo‘lgan qo‘shiqsi va aktyorlar ko‘p.
— O‘zbekistonda seni tanib qolishyaptimi?
— Ha, ko‘pchilik kelib, suratga tushadi. Ovqatlanish joylarida bosh oshpazdan siylovlar bo‘lib turadi. Eng kulgilisi, ayrimlar hatto o‘zimning qarindoshlarimga ham mening xolam, tog‘am ekanliklarini aytishadi.
— Moskvada ham tanishyaptimi?
— Ha, bo‘lib turadi. Lekin Moskva juda katta shahar bo‘lgani uchun mashhurligim O‘zbekistonda bo‘lgani kabi emas. O‘zbekistonda meni deyarli hamma taniydi. Shunchaki restoranga borib kelishning imkoni yo‘q, baribir kimdir tanib qoladi va oldimga keladi.
— Sen suratga tushishdan bosh tortmaydigan odamga o‘xshaysan.
— Ha, shunday, yo‘q demayman.
— Ayrim yosh futbolchilar nomi chiqqanidan keyin yulduzlik kasaliga uchraydi. Senga oddiy bo‘lib qolishingda nim yordam beradi?
— Meni ota-onam, amakim shunaqa tarbiyalagan, eng muhimi shu. Agar men biror nimaga erishgan bo‘lsam, bu hurmatsizlik qilishim mumkin, degani emas.
Davomi bor...
Fikrlar