Fayzullaev o‘ziga keldi!

  • 8 aprel, 2024, 15:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Premer-ligasining 23-turida TsSKA o‘z maydonida “Fakel”ni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, 36 ochko bilan musobaqa jadvalida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Tecno

Endi “armiyachilar”ni uchinchi pog‘onani egallab turgan “Dinamo” bilan orasini atigi ikki ochko ajratib turibdi.

Vladimir Fedotov shogirdlari qolgan uchrashuvlarda g‘alaba qozonishni davom ettiradigan bo‘lsa, yanada yuqoriroq ko‘tarilish imkoniyati bor. Chunki dastlabki ikki o‘rinni egallab turgan “Zenit” va “Krasnodar” bilan ochkolar farqi unchalik katta emas va bu jamoalar ham barqaror o‘yin ko‘rsata olayotgani yo‘q.

E’tiborli jihati – “Fakel” bilan o‘yinda Abbosbek Fayzullaev to‘p kiritib, o‘z hisobiga mavsumdagi uchinchi golini yozdirib qo‘ydi. Osiyo kubogidan keyin TsSKAda zaxiraga o‘tirib qolgan legionerimiz yana boshlang‘ich tarkibdagi joyini qaytarib oldi. 

Rossiya futboli ekpertlari o‘zbek legionerining o‘yinidagi ijobiy o‘zgarishlarga o‘z bahosini berdi.

Sports.uz portali ekspertlarning 20 yoshli hujumkor futbolchimiz haqidagi fikr-mulohazalarini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola qiladi.

Valeriy Masalitin, TsSKAning sobiq futbolchisi:

Birinchi bo‘limdagi shiddatli o‘yin maydonda kim xo‘jayin ekanini ko‘rsatib qo‘ydi. Bu TsSKAning joriy yildagi eng mazmunli o‘yini bo‘ldi. Abbosbek Fayzullaev o‘yini haqida nima deyish mumkin? Unga biroz og‘ir.

Osiyo kubogidan qaytdi, tabiiyki, unga ham jismoniy ham ruhiy jihatdan to‘liq tiklanib olish uchun vaqt kerak. Abbos hali yosh yigit, bunaqa yuklamalarni katta o‘yinchilarning  hammasi ham ko‘tara olmaydi. Biroz tanaffus qildi va endi sekin-asta o‘ziga kelyapti, biro hali o‘zining optimal darajasiga chiqqani yo‘q.

Bu galigi uchrashuvda kutilmagan harakatlari, aniq paslari, goli bilan ajralib turdi, ammo baribir unga yana vaqt kerak.

Aleksandr Grishin, TsSKAning sobiq futbolchisi:

Men Fayzullaevga Osiyo kubogidan keyin biroz dam berishganini tushunib etdim. U xalqaro miqyosda ko‘p o‘yin o‘tkazdi va TsSKAning mavsum oldi tayyorgarligida to‘liq ishtirok etmadi. Shuning uchun ham birdan o‘ynab ketish juda qiyin va murabbiylar Fayzullaevga biroz hordiq chiqarish uchun imkoniyat yaratib berdi. Balki funktsional holati shuni taqozo etgandir.

Hozir ikkita oxirgi uchrashuvda yaxshi o‘ynadi va bu bizga umid bag‘ishlaydi. Abbosbek kreativ futbolchi, TsSKA qanotdan uyushtiriladigan hujumlarni aynan Fayzullaev yordamida tashkil qilmoqda. Bu gal uning o‘zi ham chiroyli gol urishga erishdi. Formasini tiklayapti. O‘ylashimcha, oldindagi uchrashuvlarda ham boshlang‘ich tarkibda maydonga tushadi.

TsSKA futbolchilari Premer-ligadagi navbatdagi uchrashuvini huddi o‘zlari singari 36 ochko jamg‘argan “Lokomotiv”ga qarshi o‘tkazadi. 13 aprelga belgilangan o‘yinga “temiryo‘lchilar” mezbonlik qiladi.

Raneri o‘yinda burilish yasagan Shomurodov haqida nimalar dedi?

Shomurodovning bir o‘zi raqib himoyasini titratdi. Legionerimiz o‘yini qanday baholandi?

Gol urgan Yaxshiboev jamoasini chempionlik kurashiga qaytardi, o‘zi esa...

Gol urgan Fayzullaevning o‘yini qanday baholandi? Abbos uchrashuvdan keyin nimalar dedi?

Fayzullaev supergol urib, yubiley g‘alabani ta’minladi

Shomurodov boshqa darajadagi futbolchi. Eldorga yuqori baho berishdi!

Legionerimiz “sir”ni ochmadiO‘zbekiston hali hech kimga nasib qilmagan ishni uddalashi kerak

Shomurodovga imkon berilmayapti

Hasanboy Do‘smatov “dahshatli” reytingda birinchi!

Madrimovni mashhur bokschi ringga chaqiryapti. U Isroilning chempionlik kamariga ko‘z tikdi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Dili
08/04/2024 14:24
Динамодан утиши мумкин лекин Зенит етолмайти аникку ким чемпион булиши езманглар хар хил нарсаларди Зенит чемпион булади