Fayzullaev charchab qoldi...

  • 17 dekabr, 2024, 21:30
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Abbosbek Fayzullaev ketma-ket ikkinchi marotaba O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritdi. Undan avvalroq, Abbosbek Osiyo qit’asining 2024 yildagi eng yaxshi futbolchisi nominatsiyasida g‘olib chiqqan edi.

Tecno

2024 yil davomida 21 yoshli futbolchimiz TsSKA tarkibida Rossiya Premer-ligasi va mamlakat kubogi, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasida Osiyo kubogi va Olimpiya o‘yinlari, O‘zbekiston milliy terma jamoasida Osiyo chempionati va 2026 yilgi jahon chempionati saralash turniri doirasidagi uchrashuvlarda mahorat ko‘rsatdi.

Individual sovrinlar iste’dodli futbolchining klub va terma jamoalar miqyosidagi musobaqalarda muvaffaqiyatli to‘p tepayotganidan dalolat beradi.

Rossiya futbol ekspertlari ayni paytda Evropaning bir necha klublari qiziqish bildirayotgan Abbosbek Fayzullaevning o‘yinlarini tahlil qilib, uning kuchli jihatlari bilan birga ayrim nozik tomonlari borligiga ham e’tibor qaratdi.

Sports.uz portali rossiyalik ekspertlarning Abbosbek Fayzullaev  haqidagi fikr-mulohazalarini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.

Gennadiy Kostilyov, TsSKA sobiq futbolchisi:

Abbosbek Fayzullaev muntazam yuqori saviyada o‘ynaydi, deb umid qilib bo‘lmaydi.  To‘liq mavsumni yuqori darajada o‘tkazishga uning quch-quvvati etmaydi. Pasayishlar va ko‘tarilishlar bo‘ladi. Insonda o‘sish davom etayotgan davrda bu tabiiy hol.

Sportchi bir porlayd, keyin yana pasayish kuzatiladi. Barqarorlikni saqlab qola oladiganlari juda kam. Bunda murabbiylarning mahorati va sportchining iste’dodi, sifatlari muhim ahamiyat kasb etadi.

Fayzullaev – yaxshi o‘yinchi, lekin u yuklamalarni qay darajada va qachongacha ko‘tara olishi menga noma’lum. Hozircha u o‘zining mahorati bilan qolganlardan yaqqol ajralib turibdi. Abbos aqlli futbol namoyish qilyapti. Ayyorona va o‘ziga xos echimlar qo‘llay oladi.

O‘zbek futbolchisi maydon markazida zo‘r o‘ynaydi, lekin himoyaga yordam berishga har doim ham ulgurmayapti. Hozir futbolchilardan universal bo‘lish, hujum qilish qatori himoyalanishni bilish ham talab qilinyapti.

Abbos harchand harakat qilmasin himoyada samarali o‘ynashi qiyin kechmoqda.

Valeriy Masalitin, TsSKA sobiq futbolchisi:

TsSKA hujumchisi Tamerlan Musaev jarima maydonchasi o‘yinchisi hisoblanadi. Bu hududdan tashqarida undan foyda yo‘q. Raqib darvozasi qarshisida o‘zini suvga tushgan baliqdek his qiladi. Musaev yanada ko‘proq gol urishi uchun qanotlardan hujumni kuchaytirish kerak. Hozir esa, Ivan Oblyakov va Abbosbek Fayzullaev yuqori sport formasida emas.

Fayzullaev terma jamoadagi o‘yinlarga borib kelaverib ancha charchab qoldi. Bu yigit yil davomida umuman hordiq chiqargani yo‘q. Shuning uchun Fayzullaev o‘tgan yili namoyish qilgan samarali o‘yinini hozir har doim ham ko‘rsata olayotgani yo‘q. Men bu holatning uning yoshligi va biroz toliqib qolgani bilan izohlagan bo‘lardim.

Abbosbek Fayzullaev “Paxtakor”dan TsSKAga 2023 yilning avgustida transfer qilingan. “Armiyachilar”ning etakchisiga aylangan 21 yoshli hujumkor futbolchining transfer narxi muntazam oshib bormoqda. Kuni kecha Transfermarkt portali ekspertlari legionerimizning transfer summasini 8 million evro qilib belgiladi.

Husanov: Men baribir birinchiman!

Evropadagi legionerimiz diskvalifikatsiya qilindi

Fayzullaev otlan, Evropaga ketadigan payt keldi!

Ana xolos: Fayzullaevga “top-5” ligalariga bormaslik tavsiya qilindi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!