
Fakt! Eron klublari "Paxtakor" maydonida faqat to‘rt marta g‘alaba qozongan
"Persepolis" bilan 2003 yil 11 mart kuni guruh bosqichi doirasida Toshkentga kechgan uchrashuvda Anvar Solievning yagona goli "Paxtakor"ga g‘alaba keltirgan. Shu yilning 5 mart kuni Tehronda o‘tgan bahsda Bikmaev hisobni ochgan bo‘lsa, Budimir javob to‘piga mualliflik qilgandi.
Eron jamoalaridan yana quyidagi jamoalarga qarshi uchrashuvlar o‘tkazilgan:
Zobaxan - 2:0, 0:1
Naft - 2:1, 1:1
Saba - 2:1, 2:0
Sepaxan - 2:1, 0:2
Traktorsozi - 1:0, 0:2
Fulad - 2:0, 3:1
Istiqlol - 2:1, 2:4
Jami 16 bellashuvning 10tasida "Paxtakor" zafar quchgan. Ikki o‘yinda durang qayd etilib, raqiblar 4 bor g‘alaba qozongan. 23 to‘p kiritilib, 16 gol o‘tkazib yuborilgan. Toshkentda 8 uchrashuvning barchasida "Sherlar" ustun kelishgan. Raqiblar darvozalariga 14 gol urilib, 4 to‘p o‘tkazib yuborilgan.
Fikrlar