
Fakt! "Buxoro" so‘nggi bor "Paxtakor"ni safarda 1996 yilda mag‘lub etgan
Jamoalar hozirga qadar chempionatlar doirasida 55 bellashuvda to‘qnash kelishgan. Ularning 39tasida "Paxtakor" zafar quchgan bo‘lsa, 9 bahsda kuchlar teng kelgan. 7 marta buxoroliklar g‘alaba qozonishgan. Raqib darvozasiga 122 to‘p kiritgan "sherlar" 38 marta o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yuborgan.
Toshkentdagi 27 bahsning 24tasida "Paxtakor" ustun kelgan. 2 durang va 1 mag‘lubiyat kuzatilgan. Toshkentda "Buxoro" 1996 yilda g‘alaba qozongan. Birinchi davrada Buxoroda kechgan o‘yinda "Sherlar" 5:0 hisobida raqibni taslim etishgandi.
"Paxtakor" safida diskvalifikatsiya sababli o‘yinni o‘tkazib yuboradigan futbolchilar yo‘q. Akrom Komilov va Javohir Sidiqov jarohatini davolayotgani tufayli "Paxtakor"ga yordam bera olmaydi.
"Paxtakor" va "Buxoro" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 10 avgust, shanba kuni "Paxtakor" stadionida 20:00da boshlanadi.
Fikrlar