Fakt! "Buxoro" oxirgi marta "Qizilqum"ni 5 yil oldin mag‘lub etgan
Superliganig 2-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - "Buxoro" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yin 1:0 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan tugadi.
Ahamiyatlisi, buxoroliklar oxirgi 5 yil ichida "oltin izlovchilar"ni mag‘lub eta olmayapti. 2018 yil Navoiyda bo‘lib o‘tgan bahsda "ko‘hna shaharliklar" xuddi bugungidek 1:0 hisobida g‘alaba qozongan. Shundan keyin o‘tkazilgan 4 bellashuvda 3 durang va 1 mag‘lubiyat qayd etilgan (statistika faqat Superliga doirasida hisoblab chiqilgan).
Ma’lumot o‘rnida, "Buxoro" ayni payt turnir jadvalida 3 ochko bilan hozircha 5-o‘rinda bormoqda.



Fikrlar