Fakt. "Andijon" faqatgina 4 bor "Paxtakor"ni mag‘lub etgan

  • 14 may, 2019, 20:37
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jamoalar chempionatlar doirasida 46 bellashuvda maydonga tushishgan. "Sherlar" 34 o‘yinda zafar quchishgan, 8 bahsda durang qayd etilgan va 4 marta "Andijon" kuchliroq kelgan. O‘zaro o‘yinlarda 112 gol urgan "Paxtakor" 34 to‘p o‘tkazib yuborgan. Safardagi bellashuvlarda toshkentliklar 14 g‘alaba, 5 durang hamda 4 mag‘lubiyatni qayd etgan.

Tecno

Har ikki jamoa safida diskvalifikatsiya bilan bog‘liq yo‘qotishlar mavjud emas. "Paxtakor"dan Sadriddin Abdullaev va Javohir Sidiqov jarohat tufayli o‘yinni o‘tkazib yuborishadi.

"Andijon" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 16 may, payshanba kuni Andijondagi "Sog‘lom avlod" stadionida soat 18:30da boshlanadi.

Manba: "Paxtakor"

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!