Exsoni Panshanbe yana O‘zbekistonga qaytadimi?

  • 25 noyabr, 2022, 10:10
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan tojikistonlik yarim himoyachi Exson Panshanbeni ayniqsa “Navbahor”dagi faoliyati orqali ko‘pchilik eslab qolgan.

Tecno

Shu yili yozda Eronning “Zob Axan” klubiga ko‘chib o‘tgandi. Lekin oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, futbolchi yana O‘zbekiston chempionatiga qaytishi mumkin. Bu borada Superliga klublari tomonidan Panshanbega “ov” boshlangan.

Sports.uzga ma’lum bo‘lishicha, Exsoniga “Neftchi”, “Paxtakor”, AGMK kabi klublar qiziqish bilan qaramoqdalar. Bulardan tashqari, uni o‘z safida ko‘rish istagida bo‘lgan yana boshqa jamoalar ham bor.

Panshanbe yana Superligaga qaytadimi-yo‘qmi? Bu savolga tez orada javob topsak ajab emas.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!