Evropaning top klublari italiyalik hujumchi uchun kurashadi

  • 5 iyul, 18:54
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" va "Atalanta" Lorenso Lukka uchun kurashga qo‘shildi.

Jurnalist Alfredo Pedullaning ma’lum qilishicha, "Milan" hujumchi atrofidagi vaziyatni aniqlashtirish maqsadida "Udineze"ga so‘rov yuborgan. Shuningdek, Lukkaga "Atalanta" ham qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Avvalroq, "Atletiko" 24 yoshli hujumchi uchun transfer taklifini berishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Lukka uchun kurashda "Napoli" eng kuchli nomzod hisoblanadi. Klublar shu hafta boshida uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirgan edi.

A Seriyaning yakuniga etgan mavsumida Lukka 33 ta o‘yinda 12 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!