Evropadagi ligada biz bilgan va bilmagan legionerlarimiz...

  • 19 aprel, 2022, 04:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Keyingi yillarda Belurs chempionatiga qadam bosgan aksariyat legionerimizning keyingi faoliyatida ijobiy o‘zgarishlar ko‘p bo‘layotgani bois, o‘zbekistonlik muxlislar ushbu mamlakat chempionatiga alohida qiziqish bilan qaray boshladi.

Tecno

Ayniqsa, keyingi paytda  belaruslik mutaxassislar ham o‘zbek futboli maktabi tarbiyalanuvchilariga alohida e’tibor bilan qarab, bu mamlakat oliy ligasidagi futbolchilarimiz soni ortib bormoqda. Va ketma-ket uchinchi mavsumdirki, chempionatning asosiy qahramonlaridan biri o‘zbekistonlik charm to‘p ustasi bo‘lyapti.

Xususan, ikki yil avvalgi mavsumda Jasur Yaxshiboev, o‘tgan chempionatda Shahboz Umarov va bu gal esa Bobur Abduxoliqov o‘z o‘yinlari bilan muxlisu mutaxassislar e’tibori va e’tirofini qozongani ahamiyatli.

E’tiboringizga ushbu Belarus futbolida o‘ynayotgan va o‘ynagan hamyurtlarimiz haqida ma’lumot beramiz. Ular orasida bizga tanish bo‘lmagan charm to‘p ustalari ham ko‘p...

Yangi avlod vakillari:

Bobur Abdixoliqov (“Energetik-BGU”, 2021 yildan)

O‘tgan yili yozda minsklik “talabalar” safiga qo‘shilib, yarim mavsumni moslashishga sarflagan hujumchimiz endi nimalarga qodirligini ko‘rsata boshladi. Qashqadaryo futbolida suyagi qotgan hamyurtimiz dastlabki to‘rtta uchrashuvda beshta gol va bir juft assist muallifi bo‘ldi. Bobur joriy mavsumning asosiy qahramonlaridan bo‘lishi kutilmoqda.

20220413172045

Shohruhbek Abdurahmonov (“Energetik-BGU”, 2022 yildan)

Samarqandning “Dinamo” jamoasidan kelgan 23 yoshli yarim himoyachi bu mavsumdan e’tiboran “Energetik-BGU”ning har bir uchrashuvida ko‘rinish bermoqda. U bitta golga assistentlik ham qilishga ulgurdi.

Abbosbek Jumaqulov ( “Energetik-BGU”, 2022 yildan)

Jasur Yaxshiboevning qisqa fursatda mashhur o‘yinchiga aylana olganini unutmagan minskliklar “Bunyodkor”dan yangi iste’dod egasini ijaraga olib o‘ynatmoqda.

Abduqodir Husanov (“Energetik-BGU”, 2022 yildan)

2004 yilda tug‘ilgan himoyachi ham “Bunyodkor”dan ijaraga olindi. Endigina 18 yoshni qarshi olgan futbolchi Belarus oliy ligasida yo‘qolib qolgani yo‘q. U ham har bir uchrashuvda maydonda javlon uryapti.

Shahboz Umarov ( “Energetik-BGU” 2020 yil;  BATE 2021 yildan)

Shahboz Belarusdagi ilk mavsumida Jasur Yaxshiboevning soyasida qolib ketdi. Biroq keyin mavsum mamlakatning eng qudratli jamoalaridan hisoblangan BATEga o‘tganidan keyin borisovliklarning ishongan o‘yinchisiga aylanib qoldi.

2022 yilgi mavsum oldidan uning yangi bosh murabbiy Aleksandr Mixaylov bilan munosabati buzildi. Joriy chempionatning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri bo‘lishi kutilgan o‘zbek legionerini alamzada murabbiy umuman o‘yinga tushirmayapti.

img_2479-820x420

Jasur Yaxshiboev (“Energetik-BGU” va “Shaxtyor-Soligorsk” 2020 yil)

Aynan Jasur Yaxshiboevning ikki yil muqaddam “Energetik-BGU”dagi o‘yini o‘zbek futbolchilariga Belarus oliy ligasi yo‘lini ochib berdi. Birinchi yarim yilni poytaxtda o‘tkazgan legioner chempionatining ikkinchi yarmida Soligorsk jamoasiga ko‘chib o‘tdi. Natijada Yaxshiboev “Shaxtyor”ning chempion bo‘lishiga hissa qo‘shdi, to‘purarlar poygasida ikkinchi o‘rinni egalladi va chempionatning eng foydali o‘yinchisi bo‘ldi.

 Keyinchalik Jasur Polshaning “Legiya”sida ushbu mamlakat chempioni bo‘ldi. O‘tgan yoz ijara asosida Moldovaning “Sherif” jamoasiga ko‘chib o‘tib, Chempionlar ligasi guruh bosqichida “Real” darvozasini ishg‘ol qilganidan hammamizning xabarimiz bor.

Shuningdek, o‘tgan mavsumlarda “Energetik-BGU”da Doniyor Abdumannopov,  Humoyunmirzo Eminov,  Shahzod Ubaydullaev kabi o‘yinchilar o‘ynadi. Shahzod hali ham “Shaxtyor” futbolchi hisoblanadi. Soligorskliklar uni Farg‘onaning “Neftchi” jamoasiga ijaraga bergan va islatgan payt yana ortga qaytarishi mumkin.

7409d973d05e32cb3732c2c69fd0c6e1

Eski avlod vakillari:

Yannis Mandzukas (“MTZ-RIPO” 2004 yil)

2004 yili chempionat etakchiligini ko‘zlagan poytaxtning “MTZ-RIPO” jamoasiga O‘zbekistondan uch futbolchi keldi. Ular orasida eng yoshi bo‘lgan Yannis bir necha oydan keyin yurtiga qaytib ketdi. Uning eng zo‘r davri 2007 yilga to‘g‘ri kelib, O‘zbekiston terma jamoasidan taklif oldi va to‘rtta o‘yinda bitta gol urdi.

Vitaliy Pochuev (“MTZ-RIPO” 2004 yil)

Tajribali himoyachi hisoblangan Vitaliy Pochuev Belarusda uzoq qolmadi. Bir necha oydan keyin Yannis singari yurtiga qaytib ketdi.

Alisher Po‘latov (“MTZ-RIPO” 2004 yil)

Trioning uchinchi vakili Alisher Po‘latovga ham Belarus chempionati ma’qul kelmadi. Qisqa vaqt to‘p tepgan hujumchi yosh bo‘lishiga qaramay, 2005 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlashni ma’qul ko‘rdi.

Andrey Akopyants (“Darida” 2007 yil)

2007 yilda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Andrey Akopyants oliy  ligada “Darida” jamoasi sharafini himoya qilgan. Andrey faoliyati davomida “Paxtakor”dan tashqari Latviyaning “Daugava” va Rossiyaning “Rostov” klubilarida  o‘ynagan. Akopyants Belorus chempionatida 13 ta uchrashuvda bir juft to‘p kiritgan.

Ja’far Irismetov (“Slaviya” 2001 yil)

Hozir “Paxtakor” sport direktori bo‘lib ishlayotgan yaqin o‘tmishning eng zo‘r to‘purarini taqdir Belarus tomonlarga ham etaklagan. Moskvaning “Spartak” jamoasidan “Slaviya”ga jo‘natilgan hujumchi sakkizta uchrashuvda uchta to‘p kiritgan va keyin “Anji” taklifini qabul qilib, Rossiya chempionatiga qaytib ketgan. Irismetov Gretsiya, Ukraina,  Qozog‘iston va Xitoy jamoalarida ham to‘p tepdi.

1478528981706114087

Oleg Belyakov (“Shaxter-Soligorsk” 2004 yil)

O‘z davrida O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvoo‘aboni bo‘lgan Olek Belyakov “Shaxtyor”ga bir “qo‘nib” o‘tdi. Soligorskliklar safidagi to‘rtta o‘yindan keyin Ozarbayjonning “Turon” klubiga yo‘l oldi.

Shuningdek, Belarus chempionatida O‘zbekiston vakillaridan Igor Volkov (“Dnepr-Transmash”  2004 yil), Oleg Nesterov (“Vedrich” 1992; “Shaxtyor-Soligorsk”, 1992-1995 yillar), Igor Nesterov (“Shaxtyor-Soligorsk” 1995 yil), Sergey Kazak (“Bobruysk”, 1993-1995 yillar), Stanislav Noskov (“Vedrich” 1992 yil) kabi futbolchilar ham faoliyat yuritgan.

“Roma”: Shomurodov o‘rnini 38 ta o‘yinda 38 ta gol urgan hujumchi bosadi!

Mourinoni endi tushunib etdim!

Shomurodovni kutyapmiz!

“Roma”: Bu futbolchi endi o‘ynamaydi! Mourino kim haqida gapirdi?

“Roma” hujumchisi bo‘yicha kutilmagan vaziyat yuzaga keldi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!