Evropada Yamalni rekord summaga oladigan superklub chiqdi

  • 20 oktabr, 10:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi “Pari Sen-Jermen” xo‘jayinlari “Barselona”dan 18 yoshli Lamin Yamalni transfer qilish uchun katta summa tikishga tayyor ekani ma’lum qilindi.

Tecno

Goal nashri va jurnalist Roman Molinaning yozishicha, parijliklar ayni paytda Yamal olish imkoniyatlarini o‘rganib chiqmoqda.

O‘tgan yoz 18 yoshga to‘lishi bilan Yamal kataloniyaliklar bilan yangi professional shartnoma imzoladi. 2031 yilning 30 iyunigacha davom etadigan bitimni futbolchiga 1 milliard evro miqdorida badal puli belgilangan.

PSJ Yamalni olish uchun klub tomonidan o‘rnatilgan transfer rekordini yangilashi mumkin. 2017 yili Frantsiya grandi “Barselona”dan Neymarni 222 million evroga transfer qilgan edi.

Endi manbaga ko‘ra, Parij superklubi Lamin Yamal transferi uchun 250 million evrodan ko‘proq mablag‘ yo‘naltirishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!