Evropada Vinisiusni “Real”dan olib ketishga kuchi etadigan superklub chiqdi

  • 6 aprel, 18:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Real”ning asosiy hujumchilaridan biri Vinisius Juniorning klubdagi kelajagi hamon mavhum bo‘lib turibdi.

“Qirollik klubi” braziliyalik yulduzga Saudiya Arabistonidan bo‘layotgan aqlbovar qilmas takliflar ortidan o‘z o‘yinchisiga yangi shartnoma taklif qildi. Biroq tomonlar muzokarani muvaffaqiyatli yakunlay olmadi.

Endi PSJ 24 yoshli to‘purarni olib ketishga bel bog‘ladi.

Todofichajes nashrining yozishicha, PSJ ayni paytdagi etakchisi Usmon Dembeledan ayrilishi mumkin. Frantsiyalik hujumkor fubolchining yorqin o‘yini Angliya Premer-ligasi grandlari e’tiborini tortgan.

PSJ Evropa superklublari orasida o‘zi istagan o‘yinchini olish uchun pulni ayamasligi bilan ajralib turadi. Bunga misol, Frantsiya chempionlari 2017 yili Neymarni olish uchun “Barselona”ga 222 million evro o‘tkazib bergan. Bu transfer rekordi hali ham yangilangani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!