Evropada ayni paytdagi eng zo‘r darvozabon aniqlandi

  • 11 oktabr, 2022, 19:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” Ispaniya chempionatida peshqadamlikni davom ettirmoqda. Kataloniyaliklar sakkizta uchrashuvdan ettitasida g‘alaba qozongan va bir bor durang o‘ynagan.

Tecno

Jamoa muvaffaqiyatini germaniyalik darvozabon Mark-Andre ter Shtegenning ishonchli o‘yin ta’minlamoqda. 30 yoshli darvozabon joriy chempionatda atigi bir marta gol o‘tkazdi. “Real Sosedad” o‘yinchisi Aleksandr Isaak hozircha “Barsa” darvozasini uddalagan yagona hujumchi  bo‘lib turibdi.

Statistika mutaxassislarning hisob-kitobiga ko‘ra,  Mark-Andre ter Shtegen o‘z darvozasiga yo‘llangan jami 20 ta aniq zarbadan 19 tasini qaytargan. Bu Evropa milliy chempionatlari eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi.

Ter Shtegen “Borussiya Myonxengladbax” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U kataloniyaliklar safida 2014 yildan beri o‘ynamoqda. Klublar miqyosida jami 537 ta uchrashuvda maydonga tushib, 525 ta gol o‘tkazgan va 213 ta bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!