
Evropa ligasi. Yarim finalning dastlabki uchrashuvlarini boshqarib boradigan hakamlar nomi ma’lum bo‘ldi
Unga ko‘ra,"Ayntraxt" va "Chelsi" jamoalari o‘rtasida Germaniyada o‘tadigan birinchi yarim finalni Karlos Del Serro boshchiligidagi ispaniyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Serroga qanotlarda Xuan Yuste va Roberto Alonsolar yordamlashadi. Shuningdek, videotakrorlarda Xesus Xil Mansano va Xose Sancheslar ishlashadi. To‘rtinchi hakam Raul Kabanero.
Londonda kechadigan "Arsenal" va "Valensiya" jamoalari o‘rtasidagi bahsda esa, Klemen Tyurpen boshchiligidagi frantsiyalik hakamlar jamoasi ishlaydi. Tyurpenga qanotlarda Nikolya Dano va Siril Gringor, shuningdek Benua Basten va Ryuddi Byukenlar yordam berishadi. To‘rtinchi hakam Xisham Zakrani.
Ma’lumot uchun, mazkur ikki uchrashuv 2 may oqshomida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar