Evropa ligasi. "Vest Xem" raqibini ayab o‘tirmadi, "Vilyarreal"ga esa ishonchli g‘alaba ham yordam bermadi

  • 15 mart, 2024, 01:02
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa ligasi nimchorak finalidan o‘rin olgan bir qator javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. 

Ilk bellashuvda Germaniyada "Frayburg"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan "Vest Xem" o‘z maydonida raqib darvozasiga javobsiz 5 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. 

Shuningdek, o‘z uyida "Vilyarreal"ni 4:0 hisobida taslim etgan "Marsel" Ispaniyada raqibga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va ikki bellashuv natijasiga ko‘ra chorak finalga yo‘l oldi. 

                                                     "Vest Xem" - "Frayburg" 5:0 
                                                    "Vilyayareal" - "Marsel" 3:1 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!