
Evropa grandlari "Napoli" etakchisi uchun kurashadi
Gruziya terma jamoasi va “Napoli”ning hujumkor yarim himoyachisi Xvicha Kvaratsxeliyaga transfer bozorida talab katta. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, gruziyalik futbolchi uchun "Arsenal", "Manchester Yunayted", "Chelsi", "Liverpul" va PSJ klublari kurash olib boradi. Xvichining neapolliklar klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali yarim himoyachining narxini 80 million evroga baholamoqda.
A Seriyaning joriy mavsumida Kvaratsxeliya 16 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar