Evropa chempionatlari tarixidagi eng qariya futbolchilar (top-5)

  • 31 may, 2024, 22:11
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinlashib kelayotgan "Evro-2024" Evropa chempionatida o‘ynagan eng keksa ishtirokchilari ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritishi mumkin. Buni katta ehtimol bilan Krishtianu Ronaldu amalga oshiradi – u kuchli beshlikka kirishni maqsad qilgan. Ayni damdagi top-5 lik quyidagicha:

Tecno

5 . Piter Shilton (Angliya; 38 yosh, 271 kun)

Afsonaviy darvozabon Angliya terma jamoasi tarkibida ikki bor Evropa chempionatida ishtirok etgan. Afsuski, u 1988 eng qariya ishtirokchilardan biriga aylangan turnirida terma jamoa bilan guruh bosqichida ochko to‘play olmay musobaqani tark etgan.

Peter Shilton - profil igroka | Transfermarkt

           4. Marten Stekelenburg (Niderlandiya; 38 yosh, 279 kun)

Bu darvozabon “Evro-2020" da Frank de Bur boshchiligidagi Niderlandiya terma jamoasiga qo‘shilmaguncha, besh yil davomida terma uchun o‘ynamadi. Jamoa Yasper Sillessenga ishona olmagani uchun dastlab tajribali zaxira sifatida ko‘rilgan Stekelenburg asosiy darvozabonga aylandi.

Marten Stekelenburg, futbolist, vratar kluba : vse o sportsmene - RIA  Novosti Sport

3. Morten Olsen (Daniya; 38 yosh, 308 kun)

U Daniya tarixidagi eng buyuk futbolchilardan biri. Olsen 1988 yilgi turnirda ishtirok etganida Evropa chempionatlari tarixidagi eng keksa futbolchiga aylangan. Shundan so‘ng u xalqaro maydonlardagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Ammo bu Morten uchun yakun bo‘lmadi. 10 oy o‘tib uni terma jamoada yana o‘ynashga ko‘ndirishdi.

Morten Olsen - profil igroka | Transfermarkt

2. Lotar Matteus (Germaniya; 39 yosh, 92 kun)

Matteusning xalqaro maydonlardagi yulduzli faoliyati “Evro-1980” da boshlangan va shu turnirda chempionlikni ham qo‘lga kiritgan. Uterma jamoa safida 150 ta o‘yinda maydonga tushgan. U ishtirok etgan so‘nggi Eropa chempionati “Evro-2000" bo‘lgan.

Biografiya i karera futbolista Lotara Matteusa

1. Gabor Kirali (Vengriya; 40 yosh, 86 kun)

Vengriyalik posbon Evropa chempionatlarida o‘ynagan 40 yoshdan oshgan yagona futbolchi. "Kristal Pelas"ning sobiq darvozaboni Vengriya terma jamoasining “Evro-2016”dagi asosiy posboni bo‘lgan va 4 o‘yinda maydonga tushgan. U kulrang sport ishtonlarida maydonda harakat qilgani bilan yaxshi yodimizda qolgan.

Geroicheskiy vratar Gabor Kiray uxodit iz sbornoy Vengrii po futbolu

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!