
Evropa chempionatining eng qimmat futbolchisi kim?
Transferlarga ixtisoslashgan Transfermarkt portali Evropa chempionatida qatnashadigan eng qimmat futbolchilarni aniqladi.
Unga ko‘ra, Frantsiya terma jamoasi sharafini himoya qiladigan PSJ hujumchisi Kilian Mbappe turnirning eng qimmatbaho yulduzi bo‘ladi. 22 yoshli to‘purarning narxi 160 million evroga baholanmoqda.
Keyingi o‘rinda “Tottenxem”dan ketishga urinayotgan Angliya terma jamoasi hujumchisi Harri Keyn qayd etilgan. 27 yoshli futbolchi transferi 120 million evroga tenglashtirildi.
Kuchli uchlikdan Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jeydon Sancho o‘rin oldi. “Borussiya” etakchisining narxi 100 million evroni tashkil qilmoqda.
Fikrlar