Rodrigo uchun kurashga Evrokubok chempioni qo‘shildi

  • 23 iyul, 09:40
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" "Real Madrid" vingeri Rodrigo uchun kurashga qo‘shildi.

AS nashri ma’lumotlariga ko‘ra, London klubi "Real" hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olishni istayapti. Shu bilan birga, futbolchiga "Liverpul", "Bavariya", "Arsenal" va "Chelsi" klublari qiziqish bildirgan edi.

Tecno

Ta’kidlanishicha, "shporlar" Evropa Ligasidagi g‘alabadan so‘ng jamoaning asosiy tarkibini saqlab qolish bilan cheklanmay, uni yanada kuchaytirmoqchi. Shu bilan birga, klub boshqaruv kengashi raisi Deniel Levi Rodrigoning narxini 90 million evrodan pastga tushirishga urinadi.

Hozircha birorta klub "Real" bilan muzokaralar olib borgani yo‘q - faqatgina braziliyalik futbolchining vakillari bilan dastlabki aloqalar o‘rnatilgan, xolos. Futbolchining o‘zi kelajagi masalasini madridliklar bosh murabbiyi Xabi Alonso bilan muhokama qilishni istayapti.

Ma’lumot uchun, Rodrigo La Liganing o‘tgan mavsumida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan va 5 ta golli uzatma bergan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!