
"Everton" ertagi baxtli xotima topdi
APL 33-turidan o‘rin olgan qoldirilgan o‘yinda "Everton" - "Kristal Pelas" bahsi yakunlandi. Unda maydon egalari 3:2 hisobida raqibdan ustun keldi.
Birinchi taymda ikki to‘p farqi bilan hisobda ortda borayotgan mersisaydliklar ikkinchi bo‘limda 3 ta gol urishni uddaladi.
Shu tariqa, Lempard shogirdlari ochkolari sonini 39 taga etkazib olgan holda, APL turnir jadvalida 16-o‘ringa ko‘tarildi. 35 ochkoga ega "Byornli" hamda "Lids" so‘nggi turda APLda qolish uchun so‘nggi turda kurash olib boradi.
Qayd etish lozim, "irischilar" so‘nggi turda g‘alaba qozonsa, shuningdek, "Sautgempton" ochko yo‘qotsa, jamoa 15-o‘ringa ham ko‘tarilishi mumkin.
Fikrlar