"Everton" "Bavariya" hujumchisini ijaraga olmoqchi

  • 18 yanvar, 2021, 22:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” klubi hujumchisi Joshua Zirkzee faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 19 yoshli gollandiyalik futbolchining xizmatlariga “Everton” qiziqish bildirmoqda. “Irischilar” uni keyinchalik 10 mln evroga sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi.

Zirkzee 2017 yildan buyon “Bavariya” futbolchisi hisoblanadi. U o‘tgan davr mobaynida asosiy jamoada 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!