Esparza UFC dan chetlatilganiga munosabat bildirdi

  • 29 yanvar, 2024, 10:40
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Minimal vaznda sobiq UFC chempioni Karla Esparza promoushendan chetlatilganiga izoh berdi.

Tecno

“Ehtimol, meni harakatsizligim uchun (ro‘yxatdan) olib tashlashgandir. Men fizik-terapevtning tavsiyalariga binoan o‘zimni asta-sekin tiklayapman. Tug‘ruqdan keyingi davrda bo‘g‘imlarda va uning atrofidagi tuzilmalarda relaksin va progesteron ishlab chiqariladi, ayniqsa, bu ligamentlarning zaiflashishiga olib keladi va mashqlar paytida shikastlanish ehtimolini sezilarli darajada oshiradi. "Men qaytishim haqida yaxshilab o‘ylab ko‘rishim kerak va qayta jarohat olmaslik uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilishim zarur", – dedi Esparza.

Eslatib o‘tamiz, Esparza o‘zining so‘nggi jangini 2022 yilning noyabrida o‘tkazib, Veyli Chjanga yutqazgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!