Eshli Koul 2006 yil nega "Arsenal"ni "Chelsi"ga almashtirgan edi?

  • 25 may, 2020, 10:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Eshli Koul 2006 yilda nega "Arsenal"dan "Chelsi"ga o‘tganini izohladi.

Tecno

“Arsenal”dan ketish men uchun qiyin bo‘lmadi. Men bu erda o‘ynashni boshlaganimda, jamoada Simen, Kioun, Adams, Vieyra, Anri kabi futbolchilar bor edi. Lekin, ular birin-ketin ketganidan keyin jamoa qulayotganini sezdim. Chunki, klub ushbu futbolchilar o‘rnini to‘ldirmadi. Shuning uchun men g‘olib bo‘lish umidida boshqa jamoaga o‘tishga qaror qildim va men “Chelsi” bilan muvaffaqiyatga erishdim”, - deydi Koul.

Eshli Koul asli “Arsenal” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 1998-2006 yillarda ushbu jamoa sharafini himoya qilgan va jami 7 ta sovrin qo‘lga kiritgan. “Chelsi”ga ko‘chib o‘tgach esa 9 ta sovringa ega bo‘ldi. UEFA Evropa ligasi va Chempionlar ligasi shular jumlasidandir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!