
Eshitdingizmi? "Bunyodkor" etakchisiga Superligaga chiqqan jamoa jiddiy qiziqmoqda
Yakunlangan mavsumni "Bunyodkor" safida o‘tkazgan yarim himoyachi Lutfulla To‘raev jamoasini o‘zgartirishga yaqin turibdi.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, 33 yoshli tajribali futbolchiga Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan "Neftchi" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Muzokaralar yakuniy bosqichda turibdi.
Eslatib o‘tamiz, To‘raev o‘tgan mavsumda 24ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan va 5ta golga assistentlik qilgan.
Yarim himoyachining "qaldirg‘ochlar" bilan amaldagi shartnomasi keyingi yil yakunida nihoyasiga etadi.
Fikrlar